VOLFRAMATLAR — volframat kislotalarning tuzlari. Volframatlar normal (tarkibida WO42» ioni boʻlgan oddiy Volframatlar, monovolframatlar), izopolivolframatlar (izopolivolframat kislotalarning tuzlari), polivolframatlar (tarkibida UpOz~+1 ioni boʻlgan Volframatlar) va geteropolivolframatlar (geteropolivolframat kislotalarning tuzlari) ga boʻlinadi. Oksidlanish darajasi + 1 va +3 ga, goho +2 (Sa, Sr, Va, R)ga teng boʻlgan metall monovolframatlarning strukturasiga WO4 tetraedrlari kiradi. Ishqoriy metallar, magniy va talliy (I)-monovolframatlar suvda yaxshi eriydi; eritmalaridan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Monovolframatlar metall tuzlari eritmalariga ishqoriy metallar V. ini taʼsir ettirib yoki stexiometrik miqdordagi metall oksidlari WO3 bilan birga 600— 800° da qizdirib olinadi. Tabiatda monovolframatlar sheyellit CaWO4, volframit (Fe, Mn) WO4 va b. minerallar koʻrinishida uchraydi. Monovolframatlarga 600—800° da WO3 taʼsir ettirilsa polivolframatlar hosil boʻladi. Monovolframatlar eritmalaridagi UO42~anionlarining kislotali muhitda polikondensatsiyalanishi natijasida izopolivolframatlarning anionlari hosil boʻladi. Ishqoriy metallar V. va silikat, fosfat, arsenat yoki borat kislotalarning tuzlaridan tashkil topgan eritmalarda kislotali muhitda geterovolframatlarning kompleks anionlari, mas., [x(W3Ol0)J (8-p) hosil boʻladi. Bu yerda x—Si, P, As, Bi, p—oksidlanish darajasi. Geterovolframatlar eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi, mas., K3[P(W3O,0)4]4H2O. Kaliy va natriy monovolframatlari volfram bronzalari i. ch. da qoʻllaniladi. Magniy, kadmiy va rux monovolframatlari — lyuminoforlar ishqoriy metallar va nodir elementlarning qoʻsh V. tarkibiga kiradi. Ba3WO6 termokatodlar tayyorlashda, kadmiy va terbiy monovolframatlari lazer materiali sifatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые