Vola (XVIII – XIX asrlar)

Vola – zamonasining taniqli shoirlaridan biridir.

Eshonxoʻjai aʼmo (ojiz Eshonxoʻja), xalq taʼbiri bilan aytganda, Eshoni Vola, taxminan 1786 – 1793 yillarda Buxoro amirligiga qarashli Yangiqoʻrgʻon viloyatida, Qozi Mirinoyatulloxoʻja oilasida dunyoga keladi. U tugʻma koʻr boʻlsa-da, favqulodda kuchli aql, xotira, qobiliyat va yoqimli ovoz egasi boʻlgan.

Shoir amirlikni larzaga solgan qipchoqlar qoʻzgʻoloniga (1821 – 1826) xayrixohlik bilan qaragan; xalq boshiga tushgan mashaqqatlarni u bilan birga kechirib, jabrdiydalar huquqlarini himoya qilgan va progressiv kayfiyatlari uchun amir tomonidan iskanjaga olingan.

Vola 1289 hijriy, 1872 – 1873 melodiyda qashshoqlik va muhtojlikda vafot etadi.

Shoir oʻzbek va tojik tilida ikki devon tuzgan boʻlsa-da, ular hozircha topilgan emas.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/vola-xviii-xix-asrlar/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x