VOIZLIK SANʼATI

VOIZLIK SANʼATI — jamoat oldida nutq soʻzlash, notiqlik sanʼati; ilmiy-siyosiy maʼruza, bahs, munozara, targʻibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega boʻlgan sanʼat. Yunonistonda voizlik ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan oʻzi jamoat oldiga chiqib, oʻz siyosati, xalqaro ahvol va b. haqida nutq soʻzlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa juma namozi, hayit, navroʻz kunlari va b. da, mamlakatlararo urush boshlangandagi yigʻinlarda odat tusiga kirgan. 9-a. ga kelib, bu muhim ishni xushovoz, taʼsirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar — voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, Voizlik sanʼati shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va oʻqib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-axloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik sanʼatining nutq matnlari, tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqei va b. xususiyatlarga koʻra turli maqom (qism) larga boʻlingan: sultoniyot (yuqori tabaqa uchun), xutubu jihodiya (jangovar nutqlar), gʻaribona maqom (oddiy xalq uchun) va b. V. s. ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. Oʻrta asrlarda Voizlik sanʼatining nazariyasi va talqin uslublarini yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. Voizlik sanʼati s ni oʻrgatuvchi maxsus soha — kalom ilmi, balogʻa ilmi yuzaga keldi. Voizlik sanʼati s oʻtmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hoz. notiqlik sanʼati rivojida muhim rol oʻynagan.

Sotimxon Inomxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x