VODOROD SULFID, H2S — vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palagʻda tuxum hidi keladi; qaynash t-rasi — 60,38°, suyuqpanish t-rasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun Vodorod sulfid juda kuchli qaytaruvchidir. Vodorod sulfid texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yoʻli b-n, lab. da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые