DO`STLARGA ULASHING:
Vodorod peroksid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
?Vodorod peroksid — antiseptik vosita.
?Dori shakli : Eritma
?Tarkibi .
⭐️Faol modda: vodorod peroksid — 3 gr.
⭐️Yordamchi modda: Natriy benzoati — 0,05, tozalangan suv — 100 ml.
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vosita bolib, shikastlangan teri va shilliq qavatlar ishlov berilganda faol molekulyar kislorod ajralib chiqadi.Bunda jarohatni mexanik tozalanishi va organik moddalarni ( protein , qon , yiringni) faolsizlanishi yuz beradi.Bunda mikroorganizmlar soni vaqtinchalik kamayadi. Vodorod peroksid yana qon to’xtatuvchi va hidni yo’qotuvchi vosita hisoblanadi.
?Qo’llanilishi
— Infeksiyalangan jarohatlarda
— Otit da
— Anginada
— Stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish da
— Yuzaki jarohatlarda
— Burundan qon ketishda va shunga o’xshash mayda qon ketishlarda.
— Tonzillitda ,stomatitda
?Qo’llash usuli va dozalari
Sirtga , yuvish va chayish uchun qollaniladi.Og’iz va tomoqni chayish uchun xona xaroratidagi qaynatilgan suv bilan 1 : 11 nisbatda suyultirilib tayyorlangan 025 % eritma qollanadi.
?Nojo»ya ta’siri :
— Jarohatga ishlov berishda achishish hissi.
— Alohida holatlarda allergik reaksiyalar.
— Bosh og’rigi
?Qo’llash mumkin bolmagan holatlar.
Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda.
?ESLATMA: Boshliqlarni yuvish uchun qo’llanmaydi. Yorug’ va issiqda saqlab bolmaydi.