VODOROD FTORID

VODOROD FTORID, HF — oʻtkir hidli rangsiz gaz. V. f. 19,43° dayoq suyuqpikka aylanadi. Havoda kuchli tutab, uning namligi taʼsirida tomchisimon eritma hosil qiladi. Suyuq holdagi Vodorod ftoridning zichligi 991 kg/m3, qaynash t-rasi 19,43°, suyuqlanish t-rasi — 83,1°. Suvda cheksiz miqdorda erib ftorid kislota hosil qiladi. Vodorod ftorid boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq kremniy (IV)-okchh bilan reaksiyaga kirishadi: SiO2+4HF=SiF4+2H2O V. f. ning shishalarni xiralashtirishi shu reaksiyaga asoslangan boʻlib, sanoatda undan shishalarga gul va turli belgilar chizishda foydalaniladi. Vodorod ftorid tabiiy birikmaflyuorit (CaF2) ga konsentrlangan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Vodorod ftorid ftor, sunʼiy kreolit va ftororganik birikmalar olishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x