VODIY SHAMOLI — togʻli oʻlkalardagi vodiylarda kunduzi vodiy boʻylab yuqoriga, kechasi yuqoridan pastga esadigan shamol. V. sh. kunduzi siyrak atmosferadan oʻtib tushadigan quyosh nurlari togʻ yon bagʻirlarini tez qizitib yuborishi natijasida togʻda erkin atmosferadagi shu balandlikdagi bosimga nisbatan bosimning kamayib ketishi natijasida vujudga keladi. Tunda togʻlarda uzun toʻlqinli nur (issiqlik) tarqalishi kuchli boʻlganidan havo tez sovib, ogʻir havo vodiy boʻylab pastga yoʻnaladi. Vodiy shamoli togʻ brizi deb ham ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые