VODIY MUZLIGI

VODIY MUZLIGI — togʻ daryosi vodiysi boʻylab joylashgan muzlik. Muzlik shakli, xarakteri va harakat yoʻnalishi vodiy bilan bogʻliq. Vodiy muzligi morfologik jihatdan 2 qismga boʻlinadi: yuqori — toʻyinish qismi yoki firn havzasi, unda moddalar akkumulyatsiyasi ablyatsiyadan ortiqcha boʻladi va quyi qism — unda ablyatsiya akkumulyatsiyadan koʻproq boʻladi. Vodiy muzligining ablyatsiya qismi muzlik tili deyiladi. Muzlik vodiyning qaysi qismini egallashiga qarab sirk (kar) tipidagi, alp tipidagi murakkab (yoki polisintetik) tip va qadimgi yoki dendrit tipidagi Vodiy muzligi lari boʻladi. Firn havzasi boʻlmagan va qor koʻchkisi hamda yon bagʻirlardan qulab tushadigan muzlikdan toʻyinadigan Vodiy muzligi turkiston tipi, dovondagi firp dalasidan togʻ tizmasining ikkala tomoniga oqib tushadigan muzlik qarmoq muzlik deyiladi.

Vodiy muzligining togʻ muzliklari va muzlik qoplamlari oraligʻidagi oʻtkinchi shakllari, toʻrsimon muzlik yoki Shpisbergen tipi, togʻ oldi yoki alyaska tipi ham buladi. Muzlik qoplamlari orasidagi Vodiy muzligi t a – shqariga chiqadigan muzlik deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x