VODIY-al-ARABA — Gʻarbiy Osiyodagi uzilma vodiy, Iordaniya va Isroil davlatlari chegarasida. Hor (Al-Hor) botigʻini (Ulik dengizdan jan. ga tomon) Qizil dengizning Aqaba qoʻltigʻi botigʻi b-n bogʻlaydi. Uz. 125 km chamasida, kengligi 10—20 km. Choʻl landshafti ustun; yogʻin 100 mm dan kam, mavsumiy daryolar bor. Xurmozorli vohalar uchraydi. Vodiy boʻylab Eylat — Tel-Aviv neft quvuri oʻtgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые