Bir jurnal qo‘limga tushib qoldi. Uning hamma varaqlarida erkak va ayolning behayo munosabatlari tasvirlangan edi. Bu menga qattiq ta’sir qildi. o‘shandan beri yursam ham, tursam ham haligi shahvoniy manzaralar hech xayolimdan ketmaydi. Shunaqa holatlarni hatto tushimda ham ko‘radigan bo‘lib qoldim. Ahvolimni hech kimga aytolmayman. Bu kasallikmi? Undan qanday qutulsa bo‘ladi?
Ravil Ismanov, seksopatolog:
– “Vizionizm” deb ataladigan kasallik bor. Pornografik suratlar va kinolarni tomosha qilib, so‘ng ko‘rgan manzaralarini o‘ylab yurishadi. Bu yoqimli bo‘lib tuyuladi. Ayanchlisi, shundan boshqa hech narsa ularni qiziqtirmay qo‘yadi. Vizionizm bugunga kelib o‘g‘il bolalarning 33 foizida, qizlarning 18,5 foizida uchraydi. Maktub egasiga maslahatimiz shunday: kasallik rivojlanib, kuchli ishtiyoqqa aylanmasidan avval o‘zingizni uy yumushlari yoki darslik topshiriqlari bilan chalg‘iting. Ko‘proq tabiat qo‘ynida sayr qiling, ziyoli do‘stlaringiz suhbatlaridan bahramand bo‘ling. Tarixiy filmlarni ko‘rish yoki qiziqarli kitobni o‘qishingiz ham mumkin. Agar bu narsalarning hech biri sizga yordam bermasa, psixolog shifokorga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi.
Manba: Avitsenna.uz