VITREN

VITREN (lot. vitrum — shisha) — qazilma koʻmirning asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Kimyoviy tarkibi torflarning gʻumusli moddalariga oʻxshash. Yaltiroq, oʻsimlik toʻqimalarining kislorodsiz nam sharoitda chirishidan hosil boʻladi. Vitrenda uglerod koʻp, qoʻngʻir koʻmirdan antratsitga oʻtishda tarkibidagi N, O va uchib ketadigan moddalar kamayib boradi. Vitren turli qalinlikdagi qatlam yoki linza holida uchraydi. Vitren koʻmirning eng kam kulli tarkibiy qismi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x