VITRAJ (frans. vitrage, lot. vitrum — shisha) — rangli oyna (shisha) parchalaridan terib yoki yorugʻlik oʻtkazadigan boshqa materiallardan foydalanib, deraza, eshiklarga har xil ranglarda naqsh, tasvir ishlash sanʼati; shuningdek deraza, toʻsiqlar oʻrnidagi (toʻliq yoki qisman ishlangan) shisha namoyon. Deraza oʻrnidagi rangli Vitraj nurlar jilvasini hosil qiladi, interyerning ifoda taʼsirini orttiradi. Dastlabki sodda Vitraj namunalari Qad. Misr (mil. av. 2 minginchi yil) va Rim (mil. 1-a.) da topilgan. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalarda (Fransiyadagi Shartr sobori, Germaniyadagi Augsburg sobori, 12-a. boshlari), gotika soborlarida Vitraj keng qoʻllanilgan, boʻyalgan shishalardan oʻtayotgan nur bino ichini jozibador koʻrsatgan. Keyinchalik rangsiz yoki rangli shishalarga silikat boʻyoqlarda rangtasvir asarlari ishlash texnikasi qoʻllanilgan. 20-a. ga kelib Vitraj ishlash mahorati oshdi, Vitraj uchun shishalar maxsus usulda ishlana boshlandi. Keyingi yillarda shisha yoki plastmassa, sement va temir-beton bilan mustahkamlanadigan usuli keng tarqalib, Vitrajning imkoniyat doirasi kengaydi. Oʻzbekistonda Vitraj 20-a. 60-y. laridan rivojlandi, qator mahobatli asarlar yaratildi. «Zarafshon» restorani, «Oʻzbekistan» mehmonxonasi, Temuriylar davlati tarixi muzeyi Vitraj lari shular jumlasidan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые