VINTOKRIL

VINTOKRIL (nem. Gewinde — rezba va rus. krыlo — qanot) , vint-qanotli uchish apparati — vertolyotga oʻxshab tikka koʻtarila va qoʻna oladigan, samolyotga oʻxshab ucha oladigan uchish apparati. Unda koʻtarish kuchini bir yoki ikkita vint va qanotdan iborat koʻtarish tizimi vujudga keltiradi. Koʻtarilish va qoʻnishda Vintokril xuddi vertolyot kabi, ilgariga uchishda esa samolyotga oʻxshab boshqariladi. Vintokrilda turbovintli dvigatel ishlatiladi. Vintokrilning tezligi — 500—600 km/soat, 20 t gacha yuk koʻtara oladi. Vintokril harbiy maqsadlarda, xalq xoʻjaligida (asosan, yuk tashishda) cheklangan koʻlamda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x