VINOGRADOV Aleksandr Pavlovich

VINOGRADOV Aleksandr Pavlovich [1895.9(21)8, Peterburg – 1975.16.11, Moskva] — geokimyogar va biogeokimyogar olim, sobiq Ittifoq FAning akad. (1953), vitse-prezidenti (1967 — 75). Ilmiy ishlari geokimyo va kosmos kimyosiga bagʻishlangan. Vinogradov fanga biokimyoviy provinsiya tushunchasini kiritdi, Yer poʻsti vujudga kelishining universal mexanizmi gipotezasini taklif qildi. Yer pusti jinslaridagi kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini aniqladi (1957, 1962). Yer va Yer toifasidagi sayyoralarning kimyoviy evolyutsiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Oydan olib kelingan togʻ jinslari geokimyosini oʻrgandi. Vinogradovning rahbarligida bir necha metallar sintez qilingan. Uran izotoplarining parchalanish jarayonlarini aniqlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x