VINO TOSHI, S4N5O6K — tuz, kaliy gidrotartrat. Uzum sharbatida boʻladi. Musallas tayyorlashda uzumni bijgʻitish paytida ajralib, achitqi bilan aralash choʻkib qoladi. Vino toshidan vino kislota olinadi. Toʻqimachilikda, non yopishda va b. sohalarda ishlatiladi.