VINER

VINER (Winer) Norbert (1894.26.11, Kolumbiya, Missuri — 1964.19.3, Stokgolm) — amerikalik matematik, kibernetika asoschisi. Dastlabki ilmiy ishlari mat. asoslari, nazariy fizika (kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasi) matematik analiz va ehtimollar nazariyasiga oid. Elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va uni ballistik hisoblar uchun tatbiq qilishda qatnashdi. Viner jonli va jonsiz sistemalarni boshqarishga oid asosiy tamoiyllarning umumiyligi haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Shu tariqa fanning yangi bir sohasi kibernetika deb atala boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x