VILIYA

VILIYA (litovcha Nyaris) — Belorussiya va Litvadagi daryo, Nyamunas (Neman) ning oʻng irmogi. Minskdan shim. dagi botqoqliklardan boshlanadi. Uz. 510 km, havzasining mayd. 25,1 ming km2. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi; bahorda toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 182 m3/sek. Viliya havzasida 1,5 mingdan ziyod koʻl bor. V. ning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Sohilida Vilnyus va Kaunas sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x