VIDEONAZORAT QURILMASI

VIDEONAZORAT QURILMASI, monitor — telekoʻrsatuvlar oldidan koʻrsatuvlar trakti tayyorlanayotgan, sozlanayotgan, koʻrsatuvlar ketayotgan paytda efirga uzatish nuqgalari (uzatuvchi kameraning chiqishi va b.)dagi tasvirlar sifatini nazorat ekranlarida vizual (koʻrib turib) nazorat qilish uchun moʻljallangan qurilma. Oq-qora televideniyeda ham, rangli televideniyeda ham Videonazorat qurilmasi uchun ushbu umumiy uzellar xos: kineskop, tasvir signallari kuchaytirgichi, satr va kadrni yoyish bloki, sinxronlash impulslari selektori va uzellarni elektr bilan taʼminlash manbai. Oddiy televizion kabul qilgichdan farqli ravishda Videonazorat qurilmasida oraliq va yuqori tasvir hamda tovush chastotalarini kuchaytirish kaskadlari boʻlmaydi. Videonazorat qurilmasi telemarkazda bir necha uzatuvchi kamera ishlayotgan paytda rej. ga bir necha tasvirdan bittasini tanlab olishga, umuman telekoʻrsatuvlarni boshkarib turishga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x