VETERAN (lot. veteranus, vetus — keksa soʻzidan olingan) — 1) Qad. Rimda armiya xizmatini oʻtab boʻlgan soldat. V. larga yer ajratilgan (Italiya yoki uning provinsiyalarida) yoki pul mukofoti, shuningdek Rim fuqarosi huquqi berilgan, ular har xil majburiyatlardan ozod etilgan;
2) keksa jangchi, oʻtmishdagi urush qatnashchisi;
3) biror sohada uzoq yil ishlagan yoki xizmat qilgan kishi (mas., mehnat V. i, urush Veterani).