VESTGOTLAR

VESTGOTLAR, vizigotlar, tervinglar — german qabilasi, gotlarning gʻarbiy tarmogʻi. Mil. 3—4-a. larda Dnestr daryosining gʻarbiy tomonida yashagan Vestgotlar 4-a. ning 70-y. larida gunnlar siquvi ostida Dunay daryosidan oʻtib Myoziyaga oʻrnashganlar (q. Xalqlarning buyuk koʻchishi). 418-y. Jan. Galliyada Gʻarbiy Rim imperiyasi hududida markazi Tuluza sh. boʻlgan ilk varvar qirolligini barpo etganlar. 5-a. 2-yarmida V. Ispaniyaning katta qismini egallab olganlar. 507-y. franklar tomonidan Jan. Galliya bosib olingach, bu yer Vestgotlar qirolligining asosiy hududi boʻlib qolgan; 6-a. oʻrtasidan uning poytaxti Toledo sh. boʻlgan. Vestgotlar ayrim mahalliy yer egalari qoʻlidagi haydaladigan yerlarning 2/3 qismini tortib olganlar. Rim tartiboti bilan yaqindan tanishish Vestgotlar larga urugʻ-qabilachilik munosabatlaridan ilk mulkchilik tuzumiga oʻtish imkonini bergan. Vestgot qirolligida hukmron etnik guruh boʻlgan bosqinchi Vestgotlar asta-sekin mahalliy ispan-rim aholisi bilan aralashib ketgan. 711—718-y. larda Vestgotlar davlati arablar tomonidan zabt etilgan (yana q. Ispaniya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x