VERDI

VERDI (Verdi) Juzeppe (1813. 10. 10, Parma, Ronkole qishlogʻi — 1901. 27.1, Milan) — italyan kompozitori, opera janrining yirik ustasi. 7 yoshidan musiqadan saboq olgan. 15 yoshida ibodatxonada organchi, orkestr dirijyori boʻlib, Busseto sh. da konsertlar tashkil qilgan. U oʻz asarlarida qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga, inson qadr-qimmatini, haq-huquqini himoya qilishga intilgan, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh qilgan. «Rigoletto» (1851), «Trubadur» (1853), «Traviata» (1853) kabi operalarida insonparvarlik gʻoyalari yuksak ehtiros bilan olgʻa surilgan. Uslubida joʻshqin, hayajonli musiqa rivoji bilan ohangdor kuylar, yorqin hamda sodda ifodaviy vositalar uygʻunlashgan. «Bal-maskarad» (1859), «Don Karlos» (1867), «Aida» (1870) operalari Verdi ijodining choʻqqisidir. Verdi Shekspir asarlari asosida yaratilgan ikkita nodir operasi («Otello» musiqali fojiasi, 1886; «Falstaf» komik operasi, 1892) da yangi, muttasil musiqa rivojiga asoslangan uslub namoyon boʻlgan, opera janri isloh qilingan. Verdi asarlari jahon teatrlari repertuaridan munosib oʻrin olgan. Oʻzbekistonda ham «Rigoletto», «Aida», «Traviata», «Trubadur» kabi operalari sahnaga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x