VENEPUNKSIYA

VENEPUNKSIYA (venalar va lot. punctio — sanchish) — diagnostika (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga nina sanchish. Agar venaga punksiya orqali kateter qoʻyilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Koʻpincha oʻmrov osti va uyqu venalari punksiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli ogʻir bemorga surunkasiga va koʻp miqdorda qon va b. suyuq dorilar yuborish lozim boʻlganda) Venepunksiya qilish tavsiya etiladi, aks holda punksiya qilingan joy va atrofidagi aʼzolarning shikastlanishi, venaning yalligʻlanishi — flebit, tromboflebit, tromboemboliya kabi asoratlar roʻy berishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x