VAZNIY (OGʻIRLIK) ANALIZ

VAZNIY (OGʻIRLIK) ANALIZ — mikdoriy analiz usullaridan biri; kimyoviy birikma tarkibidagi ayrim elementlar yoki ionlar miqdorini ogʻirlik oʻlchovlari bilan ifodalash. Analitik tarozi V. (o.)a. ning asosiy oʻlchov asbobidir. Vazniy (ogʻirlik) analiz (o)a. da aniqlanayotgan mod-daning maʼlum mikdori analitik tarozida tortilib, eritiladi. Keyin aniqlanayotgan komponent eritmadan tegishli reaktiv yordamida choʻkmaga tushiriladi va eritmadan ajratib olingach, quritib yoki qizdirib maʼlum tarkibdagi turgʻun birikma hosil qilinadi. Aniqlanayotgan moddaning dori foiz (protsent) bilan hisoblab topiladi. Vazniy (ogʻirlik) analiz (o) a. da asosiy ish — aniqlanuvchi moddani kam eruvchan modda (yoki oddiy modda) — choʻkmaga oʻtkazishdir. Choʻkmalar koʻpincha sulfid, fosfat, karbonat yoki metallar gidroksidlari yoki metallning organik reagentlar (kupferon, oksixinolin va b.) bilan hosil qilgan kompleks tuzlari holida boʻlishi mumkin. Elektr vazniy analiz ham Vazniy (ogʻirlik) analiz (o.) a. ning bir turidir. Bu usulda elementlar eritmada elektroliz yoʻli bilan ajratib olinib, tortiladi. Vazniy (ogʻirlik) analiz (o.) a. ning yangi usullaridan biri termogravimetriya usulidir. Undan moddalarning termik barqarorligini oʻrganishda hamda ularda yuqori haroratlarda roʻy beradigan oʻzgarishlarni aniqlashda foydalaniladi. Bunda moddalar maxsus termotarozilarda tortiladi. T-ra ortishi bilan tekshirilayotgan moddaning ogʻirligi oʻzgaradi. Vazniy (ogʻirlik) analiz (o.) a. togʻ jinslari va minerallarning kimyoviy tarkibini, sanoatning turli sohalarida kimyoviy mahsulotlar sifatini aniqlashda qoʻllaniladi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x