VAZIRLIK

VAZIRLIK — muayyan davlatlarda alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ. V. rahbari, odatda, hukumat tarkibiga kiruvchi davlat arbobi hisoblanadi. Vazirliklar qonun chiqaruvchi oliy organlar (mas., AQSHda) yoki davlat rahbari (mas., Fransiyada) tomonidan, qonunlar yoxud hukumat aktlari asosida (mas., Buyuk Britaniyada) tashkil qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasida Vazirlik davlatning markaziy boshqaruv organi, davlat mahkamasining muhim qismi. Asosiy vazifasi — iqtisodiyot muayyan tarmogʻiga, ijtimoiy-madaniy qurilish va maʼmuriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik qilishdan, oʻziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini taʼminlashdan iborat. Vazirliklar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida ish olib boradi va tarmoqqa oid barcha masalalarni oʻz huquqi doirasida hal etadi. Vazirlikni hukumat tarkibiga kiradigan vazir boshqaradi. Oʻzbekistan Respublikasi Prezidenta Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qila-di, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdigʻiga kiritadi («Oʻzbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi», 93-modda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x