VAZA

VAZA (frans. vase, lot. vas — idish) — meva, gul va b. narsalar uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, chinni, metall va b. xom ashyolardan turli shakllarda yasaladi, boʻyama, oʻyma, chizma va boʻrtma naqsh, tasvirlar bilan bezatiladi. Vaza tayyorlash va bezash antik sanʼatda muhim oʻrin egallagan: kora va qizilga boʻyalgan tayyor Vazaga rassom naqsh, tasvir ishlagan, keyin kora lok bilan boʻyagan; qoliplar yordamida ham Vaza tayyorlangan. Yunonlarning bu sanʼati Yevropada Vazani tayyorlash va bezash sanʼati uchun namuna boʻlib xizmat qilgan. Oʻrta Osiyoda ham qadimdan Vaza turi (koʻza, koʻra, amfora va b.) tayyorlangan, ular naqsh, tasvirlar bilan bezatilgan, arablar istilosidan soʻng esa uslublashtirilgan oʻsimliksimon va girih naqshlar b-ngina bezalgan. Hozirda OʻzRdagi chinni z-dlarda, kulollik ustaxonalarida bezatilgan, badiiy qimmatli (tasvirlar, mashhur kishilarning portreti ishlangan) Vaza turlari koʻplab ishlab chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x