Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar XTMFMTTEB tasarrufidagi aniq fanlar yo‘nalishidagi 32-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining “Vatanim bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taraylik” shiori ostida o‘tkaziladigan TADBIRI Tayyorladi: 4-“F” sinf rahbari: Lolaxon Dexkanbayeva 1-boshlovchi: Assalom hurmatli, aziz mehmonlar, Assalom ustozlar, qalbi qaynoqlar. Assalom ilmga tashna chanqoqlar, Assalom barcha-barcha katta-yu yoshlar. 2-boshlovchi: Здравствуйте лучшее Слово на свете! Здравствуйте птицы! Здравствуйте дети! Здравствуйте папы! Здравствуйте мамы! Оно не сравнимо с другими словами. Здравствуйте наши учителя! 3-o‘quvchi: Gud moning, gud moning, Gud moning tu yu. Gud moning, gud moning, Ay em gled tu si yu. 4-o‘quvchi: Har sahar yangragan ulug‘ madhiyam, Har satri hikmatga to‘liq madhiyam. Eng go‘zal qo‘shig‘i ozod elimning, Muqaddas madhiyam, qutlug‘ madhiyam. Madhiya musiqa sadolari ostida yangraydi. 5-o‘quvchi: Bugun ona yurtimizda katta tantana! 6-o‘quvchi: O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘imiz tasdiqlangan kun bugun. 7-o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i O‘zbekiston Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir” deb belgilangan. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: ”O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi” deyilgan. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunida bayroqning o‘lchamlari aniq ko‘rsatilgan. Ya’ni, O’zbekiston Davlat bayrog‘ining butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 3 ta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘quvchi: Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng. O‘quvchi: Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40smga teng. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5smga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘quvchi: Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqlikni anglatadi, hamda Respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘quvchi: Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. O‘quvchi: Timsollar tilida bu-yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlati bayrog‘ ham moviy rangda edi. O‘quvchi: Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritgichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir. O‘quvchi: Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. O‘quvchi: Qizil chiziqlar vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir! O‘quvchi: Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda, u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir. O‘quvchi: Yulduzlar barcha uchun ilohiy sanalgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. O‘quvchi: Bizning 12 yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadlaridagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida “nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. O‘quvchi: Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasviri o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim. O‘quvchi: Ranglarim, ranglarim, Oppoqdir tonglarim. Osmon to‘q zangori. Yam-yashil bog‘larim. Yoqimli havo rang, Tanaga davo rang. Sevimli moviy ko‘k, Kamalak rang –barang. O‘quvchi: Qip-qizil lolalar, Oq ko‘ngil bolalar. Turfa xil ranglarda, Yashnaydi dalalar. Atrofga bir qarang, Asal rang, tilla rang. Quvonchdan dillarga, Baxsh etar jilo rang. Qo‘shiq: “Chizaman” O‘quvchi: Yuksal, yuksal diyorim, Sensan baxtim , bahorim, Madhing jo‘shib kuylamoq, Ko‘nglimdagi shiorim. Go‘zal gulshan, bog‘laring, Go‘zal ulkan tog‘laring. Dilga orom berguvchi, Charog‘on har yoqlaring. O‘quvchi: Sen tandagi jonimsan, Tomirdagi qonimsan. Mehring yashar qalbimda, G‘ururim, ham shonimsan. Yashna, yuksal diyorim, Sensan baxtim, bahorim. Madhing jo‘shib kuylamoq, Shudir ahdu qarorim. Raqs: “Beshta qiz” O‘quvchi: G‘uncha guldayman, Bog‘dagi bulbuldayman. Sog‘lom jon, sog‘lom tanman, O‘zimga bir jahonman. Hayotdan zavq olaman, Baxti kulgan bolaman. O‘quvchi: Sog‘lom , quvnoq bolaman, Mehnatdan zavq olaman. Agarda ish qilmasam, Tezzerikibqolaman. Hozir maktab bolaman, Mehnatdan zavq olaman. Katta bo‘lsam haqiqiy Halol odam bo‘laman Qo‘ shiq: “Men kimman “ Biz so‘zlari biyronmiz, Chopqillagan jayronmiz. Erkatoymiz polvonmiz, Bolajonmiz, bolajon. Bizlar lola yanoqmiz, Chin ko‘ngildan inoqmiz. Bulbul-u qarqunoqmiz, Bolajonmiz, bolajon. O‘quvchi: Bo‘lmasin hech bizning, Kam-u ko‘stimiz. Ko‘paysin har yerda, Yaqin do‘stimiz. Olamni yayratsin kulgularimiz, Gurullab yashnayversin orzularimiz. Raqs: ”3xil kompozitsiya” Hamma raqs ichida: Bo‘larda to‘kinchilik, Elga baxt xursandchilik. Dalalarda mo‘l hosil, Olib kelgay ushbu yil. Gullagan o‘zi har yon, Yayrasin yer-u osmon. Bobomiz bo‘lsin omon, Yashnasin bog‘-u bo‘ston. O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmondo‘st xalq. O‘quvchi: Bizning xalqimiz mehmonni quchoq ochib kutib oladi. Qo‘shiq: “Mehmon keldi“ O‘quvchi: Bizning yurtimizda har xil millatlar ham yashaydi. Raqs: “Kalin” O‘quvchi: Bog‘imizda atirgul, Сhaman bo‘lib ochildi. Uning xushbo‘y hidlari, Har tomonga sochildi. Gulga oshiq bulbullar, Shu bog‘ uzra jamlandi. Bir — biriga yoqimli, Ajib kuylar boshlandi. O‘quvchi: Kuylang jajji bulbullar, Ochilsin barcha gullar. Ozodlik kuyin chaling, Bahra olsin ko‘ngillar. Ona diyor sizniki, Gulshan diyor sizniki. Ketmang sira bulbullar, O‘zbekiston bizniki. O‘quvchi: Yuksak tog‘lar bizniki, Tog‘larga yo‘l olaylik. Chaman bog‘lar bizniki, Bog‘larga yo‘l olaylik. Buloqlar ko‘zin ochib, Gulzorlar yarataylik. Vatanning har bir qarich, Yerini yashnataylik. Qo‘ shiq: “Ko’k dalam” O‘quvchi: Bolalar bo‘lsa, topqir bo‘lsalar, Chaqqon-u epchil, chopqir bo‘lsalar. Ilm-u hunarga, kuchga to‘lsalar, Sog‘lom, barkamol avlod bo‘lsalar. O‘quvchi: Vatanga aziz dilbandlar kerak, Sheryurak, asl farzandlar kerak. Shunday avlod bizning o‘zimiz, Aytib turadi har bir so‘zimiz. O‘quvchi: Vatan oldidagi burchni hammamiz, Anglab olib, unga amal qilamiz. Yurak to‘rida ushbu so‘zlarni, Takror-takror aytib olg‘a yuramiz. O‘quvchi: Vatanim jismida, Men ham bir bo‘lak. Vatanim menga-yu, Men unga kerak. Qo‘shiq: “Prezidentga va’da“