VASILENKO Sergey Nikiforovich

VASILENKO Sergey Nikiforovich [1872.18 (ZO). Z – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari d-ri (1943). Moskva un-ti yuridik f-tini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906 — 50 y. lari Moskva konservatoriyasida (1907-y. dan prof. lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli cholgʻular uchun 8 konsert, poema, rapsodiya, cholgʻu ansambllari, koʻshiq va xorlar, 200 dan ortiq romanslar, teatr va kino musiqalari muallifi. Ijodida Sharq mavzulariga murojaat etgan: 2 «Xitoy syuitasi» (1928, 1931), «Turkman manzaralari» (1931), «Sovet sharqi» (1932) simfonik asarlari, R. Tagor sheʼrlariga «6 ta hind romansi» va b. Uning M. Ashrafiy bilan hamkorliqda yaratgan «Boʻron» (1939) va «Buyuk kanal» (1941) operalari, oʻzbek xalq afsonalari asosida yozgan «Oqbilak» baleti (1943), simfonik orkestr uchun «Oʻzbekcha syuitasi», puflama sozlar orkestri uchun 2 «Oʻzbekcha marshi» Oʻzbekiston kompozitorlik maktabi yuzaga kelishida muxim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x