VARNALAR (sanskritcha — sifat, rang) — Qad. Hindistondagi 4 asosiy tabaqa. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar V. ga mansub boʻlib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub boʻlmaganlar aholining eng quyi, xoʻrlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые