DO`STLARGA ULASHING:
1-MASHQ
Yerga o‘tirib oyoqlaringizni cho‘zing, qo‘llaringizni yerga qo‘ying. Bir oyog‘ingiz tekis turadi, ikkinchi oyog‘ingizni esa 10-15 marta pastga va yuqoriga ko‘taring. Endi mashqni boshqa oyoqda takrorlang
2-MASHQ
Tik turgan holda oyoqlaringiz orasini 30-40 sm ga oching. Qo‘llaringizni oldinga cho‘zib,sekin tiz cho‘kkalang. Ushbu mashqni dastlab 10-15 marta takrorlab, keyinchalik sonini oshirib borasiz.
3-MASHQ
Stulning orqa tomonini ushlab, oyoqlarni keng yoyib, asta o‘tiriladi (oxirgacha o‘tirmaysiz), 5 soniya shunday holatda turib, qaddingizni tik tutasiz. Mashqni 15-20 marta takrorlang.
4-MASHQ
Oyoqlaringizdagi barmoqlarni avval ko‘tarib, so‘ngra tushirasiz. Mashq 10-20 marta bajariladi.
5-MASHQ
Yerga yotib, dastlab oyoqlarni keyin yelkangizni yuqoriga ko‘taring. Ushbu mashq nafaqat varikoz tomirlari balki boshqa ko‘plab kasalliklar uchun eng yaxshi profilaktika mashg‘ulotlaridan biri hisoblanadi.
JABBORLI