VAHON TIZMASI — Tojikistonning chekka jan. dagi va Afgʻonistonning shim.-sharqidagi tizma, Pomirning engjan. tizmalaridan. Vahon tizmasining gʻarbiy qismi Shohdara va Panj daryolari, sharqiy qismi Pomir daryosi bilan Vahondaryo orasida suvayirgʻichdir. Tizmaning uz. 160 km, oʻrtacha bal. 5000 m, eng baland joyi 6281 m. Gʻarbiy kismi Shohdara tizmasi deb ham ataladi, sharkiy qismi Afgʻoniston hududida. Togʻ tepalarida va qiyaroq yon bagʻirlarida doimiy qor va muzliklar (Tojikiston hududida umumiy mayd. 96,2 km2) koʻp. Vahon tizmasi kembriydan oldingi davr va paleozoyning granit, gneys, kristalli slanes va metamorfik jinslaridan tarkib topgan. Vahon tizmasida siyrak togʻ kserofit oʻtlari va butalari usadi. 4000 m dan yuqorida alp oʻtloqlari bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые