UZUNQIR — shahar xarobasi. Zarafshon tizmasidan bosh olgan Shoʻrobsoy boʻyida (Kitob tumani) joylashgan. 1981-y. da ToshDU Oʻrta Osiyo arxeologiya kafedrasi ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topib tekshirilgan. Uzunqir oʻrnida mil. av. 8—7-a. larda qad. manzilgoh boʻlgan. Mil. av. 7—6-a. larda 70 ga maydonni egallagan. Uzunqir Kitob — Sha!xrisabz vohasining iqtisodiy va maʼmuriy markaziga aylangan. Uzunqirdan Taxtakrracha dovoni orqali qad. Samarkand (Marokanda)gacha boʻlgan masofa 70 km ni tashkil qilgan. Shahar Marokanda—Baqtra karvon yoʻli boʻyida joylashib muhim savdosotiq va hunarmandchilik ahamiyatiga ega boʻlgan. Uzunqir ichki qalʼa va shahar hududidan iborat. Yodgorlikning jan. garbiy tomonida uz. 450 m mudofaa devorining xarobalari saqlanib qolgan. Devor ham gʻishtdan qurilgan toʻgʻri burchakli burjlarga, burjli xonalarga va jangovar shinaklarga ega. Uzunqir — Oʻzbekiston hududida ilk shaharsozlik tuzilmasining shakllanishi namunasi. Uning yirik oʻtroq dehqonchilik vohasining markazi sifatida qoʻrgʻonqarorgohi, guzarlari boʻlgan. Uzunqir topilmalari — sopol idishlar, jezdan va temirdan ishlangan mehnat va harbiy qurollari shaharda hunarmandchilik kasbi yuqori darajada taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Shoʻrobsoy vohasidan topilgan madaniy oʻsimliklar (arpa, bugʻdoy), turli uzum navlari urugʻlari bu yerda dehqonchilik va bogʻdorchilikning taraqqiy etganligidan dalolatdir. Bu davrda kanal, arikdar, qazish, daryolardan suv chiqarish, yangi ekin maydonlarini oʻzlashtirish va sugorish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan. Dehqonlar atrofi devor bilan oʻralgan qoʻrgʻonli uylarda va qishloqlarda yashashgan.
Arxeologlar KitobShahrisabz vohasiga, umuman Qashqadaryo viloyatining togʻ oldi sharqiy qismiga «Avesto»da keltirilgan Gava, Gau, Gava Sugʻdda (sugʻdiylar yashaydigan makon, «Sugʻd makoni») tushunchasi tegishli boʻlganligini taxmin qiladilar. Ushbu soʻzning oʻzi Qashqadaryoning sharqiy qismidagi koʻpgina zamonaviy atamalarda saklanib qolgan. Mil. av. 7—6-a. larda Gava Sugʻdi viloyati Navtaka deb atalgan. Navtaka viloyati Zarafshon tizmasidan boshlanib Oʻradaryo vohasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan. Viloyat markazi. Uzunqir qalʼasi boʻlgan. Mil. av. 3—2-a. larda viloyat markazi Uzunqirdan Kitob sh. oʻrnida asos solingan Yangi shaharga koʻchadi. Yozma manbalarda Suse deb atalgan bu nom «Sugʻda», «Sugʻud», yaʼni Sugʻdiyona tushunchalaridan kelib chiqqan.