UZILMA — tektonik harakatlar natijasida tof jinslari bloklarining birbiriga nisbatan tik yoki qiya yuzada uzilib siljishi. Uzilmada osma yonidagi togʻ jinslari uzilib pastga siljiydi, ostki yon bagʻir jinslari esa tepaga koʻtariladi. Uzilma koʻpincha magmaning yer yuzasiga chiqishi hamda vulkanlar jarayoni natijasida paydo boʻlishi hamda ularning fizik va mexanik xossalari tektonik jarayonlarda Uzilmalarni hosil boʻlishini taqozo qiladi. Uzilma aksari, graben va gorstlarni vujudga keltiradi. Uzilma amplitudasi riftlarda bir necha km ga yetadi. Ular Yer poʻstining turli strukturaviy zonalarida (quruklik va okeanlar) uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые