UZATMA (mashinalarda) — aylanma harakatni uzluksiz uzatish uchun moʻljallangan mexanizm. Turli mashinalarning yuritmalarida Uzatma yordamida tezlik oshiriladi yoki pasaytiriladi; tezlik pogʻonali yoki pogʻonasiz tarzda rostlab turiladi; bitta dvigateldan bir necha mexanizm harakatga keltiriladi va h. k. Asosiy koʻrsatkichlari: uzatish momenti, burchak tezligi, uzatish soni, uzatish nisbati, foydali ish koeffitsiyenta (f. i. k.). U. ning mexanik, gidravlik va elektr turlari bor. Mexanik Uzatma detallarning ilashish (yoki tishlashish) xossasiga (mas, tishli Uzatma, zanjirli Uzatma, chervyakli Uzatma) hamda ishqalanish xossasiga (mas, tasmali Uzatma, friksion Uzatma) asoslangan. Bunday Uzatmalar stanoklar, avtomobillar, traktorlarning tezliklar qutilari va variatorlarida qoʻllanadi. Gidravlik va elektr U. lar katta quvvatlarni uzatishga imkon beradi. Ular mashinasozlikning turli sohalarida, ayniqsa, ogʻir transport mashinalarining yuritmalarida qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые