UZATISH NISBATI

UZATISH NISBATImashina mexanizmlari, shu jumladan, aylanma harakatlanuvchi uzatmalarning asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Mexanizm aylanuvchi zvenolarining burchak tezliklari yoki aylanish chastotalari (sonlari) nisbati bilan belgilanadi. Odatda, Uzatish nisbati mexanizmning yetakchi (harakatlantiruvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) bilan yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) orasidagi nisbatni bildiradi (l = ~or) Uzatish nisbati oddiy mexanizmlar (tishli gʻildiraklar jufti, chervyakli, tasmali uzatmalar va b.) uchun ham, koʻp zvenoli murakkab mexanizmlar (koʻp pogʻonali reduktorlar, planetar reduktorlar, uzatmalar va b.) uchun ham taalluqli. Mexanizmlar (ayniqsa, ilashma uzatmalar) uchun Uzatish nisbati tushunchasi bilan birga uzatish soni termini ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x