Uyqusizlikmi? Chorasi bor!
✅ Har oqshom bir stakan issiq asalli sut iching. Asal organizmni tinchlantiradi, sut esa oshqozondagi og‘irlikni bartaraf etadi. Tanangizdagi yengillik sizni asta uyquga elita boshlaydi.
Bo‘g‘imlarda og‘riq bo‘lsa…
✅ Sutda kalsiy moddasi bor, asal esa kalsiyning organizmga singishida yordam beradigan mikroyelementlarga boy. Demakki, bu ikki mahsulot birga ichilsa, suyaklar keraklicha oziqlanadi. Shuningdek, bo‘g‘im xastaliklarida ham asalli sut ichiladi.