DO`STLARGA ULASHING:
Olimlar, uyqusizlikka uchragan odamlarga yordam berish maqsadida bir nechta tavsiyalar berdilar. Uyqu va dam olishning muntazam tartibi miyaga hordiq bag‘ishlaydi. Bundan tashqari, bunday kishilar kuchli irodaga ega.
Ijobiy his-tuyg‘ularning yo‘qligi, stress va boshqa ko‘plab omillar uyqu buzilishiga olib kelishi mumkin. Mutahassislar, uyquni yaxshilash yo‘llarini aytib berishdi.
Avvalo, siz dam olish tartibingizni o‘zgartiring va kuzating. Biroq, olimlar, hafta oxiri, ish kunidan keyin uyqu holatini o‘zgartirishni tavsiya qilmaydilar.
Xoh haftaning o‘rtasi bo‘ladimi, xoh oxiri peshindan oldin uyquga ketish sog‘lom hordiq olishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mutahassislar, yotoqxonaga borib, bir vaqtning o‘zida dam olishni maslahat berishadi.
Yana bir muhim omil – bu erta yotish davri. Yarim kechadan oldin uxlash ijobiy samara berishi tasdiqlandi. Ayni paytda melatonin miyada faol ravishda ishlab chiqariladi va organizmdagi yangilanish jarayoni faollashadi. Bundan tashqari, yotishdan avval, ochiq havoda vaqt o‘tkazish foydali bo‘ladi – 30 daqiqa yurish tonusni qayta tiklashga yordam beradi.
Yotoqxonadagi farovonlik, yaxshi uyqu uchun juda muhim. Buni amalga oshirish uchun ko‘cha chiroqlari, dam olishga to‘sqinlik qilmasligi, qulay to‘shakda uxlash va xona ichidagi optimal namlik darajasini yaratish darkor.
JABBORLI
soglom.uz/tavsiya/uyquni-yaxshilash-yollari-haqida-olimlar-xabardor-qildi/