Uyquda so‘lak oqishining sababi nima?

Uyquda so‘lak oqishining sababi nima?

“Uyquda so‘lak oqishining sababi nima?”

Olima, Amudaryo tumani

Yorqinoy Toshpo‘latova, terapevt:

— Umuman olganda, og‘izdan so‘lak oqishi xavfli emas. So‘lak og‘iz bo‘shlig‘ini doimo namlantirib turuvchi oshqozon fermenti. Biz o‘zimiz bilmagan holda doimiy ravishda ortiqcha so‘lakni yutib turamiz. Bu jarayon uyqu vaqtida ham davom etadi. Agar so‘lak me’yoridan ortiq ishlab chiqarilsa, organizm unga «javob qaytarishga» ulgurolmaydi.

Uyquda so‘lak oqishi sabablari:

jag‘ning o‘zgacha tuzilishi;
og‘iz bo‘shlig‘idagi begona jismlar (brekketlar, tish protezlari, oziq-ovqat qoldig‘i);
burun to‘sig‘i qiyshiqligi;
uyqu dori iste’mol qilish.
Burun to‘sig‘i qiyshiq bo‘lganda o‘pkaga kislorod yetib bormaydi. Shu sababli og‘iz ixtiyorsiz ravishda ochilib, so‘lak oqa boshlaydi. Bir yon bilan uxlashga odatlangan kishilarda ham shu holat kuzatiladi.

Kasalliklardan allergiya, oshqozon yarasi, oshqozon shilliq qavati yallig‘lanishi, miyada qon aylanishi buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari – kariyes, stomatit, stress va hokazolarda og‘izdan suv oqishi kuzatiladi. Ba’zan bu kuchli stress va asabiylashishdan ham kelib chiqishi mumkin. Muammoni hal etish uchun qulay holatda yotish kerak. Uyqudan oldin xonani shamollating. Tish shifokori va nevropatolog ko‘rigidan o‘tish maqsadga muvofiq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x