Uyda mavjud bo’lgan vositalar yordamida qo’l terisini parvarish qilish yo’llarini ko’rib chiqamiz.
1. Qo’lingizni iliq suvda namlovchi sovun bilan yuving. Uncha katta bo’lmagan idishni iliq suvga to’ldiring, bir necha tomchi zaytun yog’i qo’shing va qo’lingizni 5 daqiqa davomida idish ichiga qo’yib turing.
2. 2 osh qoshiq shakar yoki tuzga bir necha tomchi zaytun yog’ini aralashiring va 2 daqiqa davomida qo’llaringizni bir-biriga ishqalang.
3. Yumshoq mochalkaga biroz namlovchi sovun suring va qo’lingizning har ikkala tomoniga aylanma harakatlar bilan ishqalang. Iliq suvda yuving.
4. Qo’lingiz namligini saqlagan holda toza sochiq bilan sal arting.
5. Qo’lingiz terisiga loson suring va issiq ho’l sochiq bilan o’rab qo’ying.
6. Аtirgul suvi bilan yengil uqalang.
loading…