UY-JOY UCHUN AHOLIGA DAVLAT TOMONIDAN QANCHA PUL TO‘LAB BЕRILADI.

SUBSIDIYA ASOSIDA OLINADIGAN UY-JOY UCHUN AHOLIGA DAVLAT TOMONIDAN QANCHA PUL TO‘LAB BЕRILADI.

⚡️SAVOL;
Men subsidiya asosida uy olmoqchi edim. Menga Davlat tomonidan boshlang‘ich to‘lov uchun qancha mablag‘ to‘lab beriladi.

⚡️JAVOB;
Prezidentning 09.12.2021 yil kungi PF-33-son Farmoniga asosan, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qat’iy belgilangan 32 MILLION so‘m miqdorda Davlat tomonidan to‘lab beriladi.

✏️ Ya’ni, yuqoridagi normaga ko‘ra subsidiyalar olayotgan uyingizni joylashgan manzili, uyni bahosi va kvadrat metridan qat’iy nazar to‘lanaveradi. (Oldingi tartib bo‘yicha olinayotgan uyning joylashuviga qarab subsidiya to‘lanishi foizlarda farq qilardi )

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x