UXUMSOY — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 28 km, havzasining mayd. 73,2 km2. Uxum dovonidan (1300 m) 2 km shim. gʻarbda Qorasoy nomi bilan boshlanadi. Oʻrta Uxum qishlogʻi yaqinida Tikchasoy bilan qoʻshilgach, Uxumsoy deb ataladi. Togʻlar orasida yon bagʻirlari baland, keng vodiyda nishabi katta toshloq oʻzanda oqadi. Havzasi, asosan, suvni yaxshi oʻtkazadigan jinslardan tuzilganligidan qor va yomgʻir suvlarining koʻp qismi yer ostiga singib ketadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,17m3/ sek. dan (koʻp suvli yilda) 0,130 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi, yoz oxiri, kuz boshlarida suvi kamayadi. Togʻlar orasidan tekislikka chiqqach, yozda oʻzani qurib qoladi. Suvi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые