“Uxlayotgan” vulqon muzkoʻlni uygʻotadimi?

Siz geografiya darsida eng uzun daryo, eng chuqur koʻl, eng baland choʻqqi kabi maʼlumotlarni bilib olgansiz. Fan-texnikaning misli koʻrilmagan darajada rivojlanishi tabiatni, atmosferani va kosmosni oʻrganishda katta qulayliklar, keng imkoniyatlar yaratdi. Iqlim oʻzgarishlari esa atrof-muhitga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Shu sabab geografik maʼlumotlarda ham oʻzgarishlar paydo boʻlyapti. Masalan, bugun eng uzun daryo masalasi bahsli. Nega deysizmi? Unda biz topgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqing. Shu kabi turli fakt va raqamlar bilan tanishasiz. Iloji boricha, darslikda boʻlmagan faktlarni keltirishga harakat qildik. Ayrim takrorlar bilimlaringizni mustahkamlashga yordam beradi, deb umid qilamiz.

 

* * *

Nil va Amazonka dunyoning eng uzun daryolaridir. Ularning qaysi biri uzunroq? Bu – muammo. Nilning rasmiy manbalarda qayd etilgan uzunligi 6695 km. Biroq Asuan toʻgʻonidan yuqoriroqdagi Nasir suv omborining qurilishi daryoning qisqarishiga sabab boʻldi. Amazonkaning esa etaklari bir nechta, shu sababli uning oxirgi nuqtasini aniqlash qiyin. Agar eng uzun tugallanish joyini – Parani hisobga oladigan boʻlsak, daryoning uzunligi taxminan 6750 km ni tashkil etadi.

 

* * *

Chili va Argentina chegarasidagi Oxos-del-Salado vulqoni dunyodagi eng baland harakatdagi vulqon sanaladi. Uning balandligi 6887 metr.

 

* * *

Gavayi orollaridagi Mauna-Loa vulqonining uzunligi 120 km, eni esa 50 km. Lava oqimlari orolning 5125 km2 dan oshiqroq maydonini egallaydi. Vulqonning umumiy koʻlami 42 500 km, uning 84,2 foizi dengiz sathidan pastda joylashgan. 1843 yildan boshlab oʻrtacha har uch yarim yilda bir marta otilib turgan. 1984 yildan buyon esa uygʻongani yoʻq.

 

* * *

Vulqon otilib chiqadigan teshik-ogʻiz ilmiy tilda “krater” deb ataladi. Indoneziyadagi Sumatra orolining shimolidagi Toba vulqoni eng katta kraterga ega. Uning maydoni 1775 km2. Mazkur vulqon soʻngan.

 

* * *

Gavayi orollaridagi Mauna-Kea (“Oq togʻlar”) togʻi dunyodagi eng baland togʻdir. Uning Tinch okeanidagi asosidan choʻqqilarigacha boʻlgan balandligi 10 205 metr. Biroq muammo shundaki, togʻ qoyalarining 6000 metri suv ostida joylashgan, bor-yoʻgʻi 4205 metrigina okeandan yuqorida. Togʻni butunicha hisoblasak, u Everest choʻqqisidan 1357 metr baland.

 

* * *

Antarktidadagi Sharq koʻli 1994 yilda radiotoʻlqinlar vositasida kashf etilgan. Sharqiy Antarktika muz qatlamidan 4 km pastda boʻlgan bu koʻl Yer yuzidagi eng keksa va eng toza koʻldir. U kamida 500 000 yildan beri “dunyodan uzilib qolgan”. Chunki uning hamma tarafi muz bilan oʻralgan – izolyasiya qilingan. U 14 000 km2 ga yaqin maydonga joylashgan, minimum 100 metr chuqurlikka ega.

 

* * *

Osiyoning janubi-gʻarbida joylashgan, Tibetdan to Bangladeshgacha choʻzilgan Yarlun-Szangbo daryosining vodiysi oʻrtacha 5000 metr chuqurlikka ega, eng pastqam joyi 5382 metrni tashkil etadi.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

 


“Gulxan” juranalida chop etilgan.


 

2009

https://saviya.uz/turfa-olam/uxlayotgan-vulqon-muzkolni-uygotadimi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x