UXAN

UXAN — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Xanshuy daryosining Yanszi daryosiga quyilish yerida. Xubey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 7,3 mln. kishi (1998, shahar atrofi bn). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Daryo porti (dengiz kemalari ham kira oladi). Mamlakatning yirik sanoat markazi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — qora metallurgiya. Stanoksozlik, energetika, transport, radioelektronika va b. sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Xitoy FA filiali, universitet, i. t. institutlari bor. Shahar 1953-y. da Xankou, Xanyan va Uchan sh. larining birlashuvidan vujudga kelgan. Hozirgi Uxan oʻrnidagi qishloqlar mil. av. 1-ming yillikdan mavjud boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 7 yarusli Baota pagodasi (13a.) saqlangan. Daryolar chetiga Uxanni suv toshqinidan himoya qilish maqsadida dambalar qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x