UTURGURLAR — ilk oʻrta asr turkiy qabilalaridan biri. Sharqiy Yevropaga koʻchib oʻtgan gunnlarning bir qismi 5-a. ning 2yarmidan utigur yoki uturgur deb atalgan. Bu davrda ular Azov dengizining sharqiy qismida koʻchib yurishgan. Ularning boshligʻi — mashhur Sandilx boʻlgan. Vizantiya U. ni ularga qardosh quturgurlarga qarshi gijgijlagan va natijada ular oʻrtasida kurash uzoq vaqt davom etib oʻzaro qirilib ketishga olib kelgan. 560-y. U. avarlar tomonidan boʻysundirilgan. 570-y. larda ular Turk xoqonligiga qaram boʻlishgan. 630-y. larda Uturgurlar va Azov dengizi boʻyida yashagan boshqa turkiy qabilalarning avlodi Kubratxon boshchiligida Bulgʻor podsholigiga asos solingan.
Ad.: Artamono v M . I., Istoriya Xazar, L., 1962.