USUNLAR — Markaziy va Oʻrta Osiyodagi koʻchmanchi qabilalar. Usunlar xitoy manbalariga kura, mil. av. 3a. da yueyjilar bilan birga Dunxuan (Doʻngxuang) b-n Tangritogʻning sharqi, Qorongʻu togʻ (Kunlun)ning shim. dagi Chilan togʻi orasidagi kichik bir davlat aholisi boʻlgan. Mil. av. 177-y. ular yueyjilarning tazyiqi natijasida sharqqa siljib, xunlar orasiga (hoz. Gansu oʻlkasining shim. sharqidagi Ersin yaylovi) borib joylashgan. Usunlar gunmosi (kunbeyi, xoni) Nandubey oʻldirilgan. Mil. av. 160-y. uning oʻgʻli LiyeJiaobek hunlar yordamida yueyjilarni magʻlub etib, ularning hududini egallab gʻarbga siljiganlar. Yettisuvda ular kuchli davlat tashkil etgan. Uning markazi xitoy manbalarida Ili daryosining jan. dagi Chigu (Qirgʻizistondagi qad. Kizil koʻrgʻon sh.) deb yuritilgan. Mil. av. 3a. da Usun xonligi Fargʻonaning shim. da, Kangqiya (Kangyuy, Kangʻ) ning gʻarbida bulib, uning hududiga Issiqkoʻlning shim., Balxash koʻlining jan. dagi yerlar kirgan. Usunlarning bir kismi kuchmasdan uz yurtlarida qolgan. Arxeologik maʼlumotlarga kura, 5-a. da Usunlar yueyjilar bilan birga Xesi yulagida yashashgan. Usunlarning Xitoy bilan ittifoq bulib hunlarga qarshi uzoq muddat kurashi ularning parchalanishiga olib kelgan. Natijada Usun xonligi avar (jujan)lardan yengilib, mil. 404—410 ylarda Pomir togʻlari atrofiga borib joylashgan. 420—854-y. larda Usun xonligi aholisi 630 ming kishini tashkil qilgan. 938-y. mazkur xonlik qoraxitoylar xoniga bojxiroj toʻlaganligi haqida xitoy manbalarida maʼlumot berilgan.
Usunlar chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanishgan, ularning davlat tuzilishi, urfodatlari hunlar bilan uxshash bulgan.
Turkiy xalqlar, jumladan, uzbek, qozoq, qirgʻizlar tarkibiga kirgan uyshun qabilasi Usunlar bilan aynan bir deb taxmin etiladi.