USTYURT MAKONLARI — neolit davriga oid makonlar. Ustyurt platosida joylashgan. SP. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi (1948), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali arxeologiya otryadi (1964) tomonidan oʻrganilgan. 60 ga yaqin makon aniqlangan. Ulardan toshdan yasalgan qurollar, qirgʻichlar, tosh parrakchalar, oʻq uchlari topilgan. Ustyurt makonlari ichida eng yirigi Tempa makoni boʻlib, undan 1300 ga yaqin chaqmoqtosh qurollar chiqqan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые