USTRUSHONA

USTRUSHONA (toj. Istaravshan) , — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati Oʻratepa tumanidagi shahar (2002-y. gacha Oʻratepa sh.), tuman markazi. Turkiston tizmasining shim. etagida, 1000 m balandlikda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Xovos (45 km). Iyul oyining oʻrtacha t-rasi 25°, yanv. niki —2°. Yillik yogʻin 368 mm. Ustrushonadan viloyat markazi Xoʻjand sh. gacha 73 km. Shahar markazidan Dushanba—Xoʻjand avtomagistrali (Shaxriston va Aizob dovonlari orqali) oʻtadi. Aholisi 50,4 ming kishi (2001), asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbek, roʻs, tatar, ukrain, qirgʻiz, turkman, nemis, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi.

U. Tojikistonning qad. shaharlaridan biridir. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, shaharning bunyod etilishi mil. av. 6-a. ga toʻgʻri keladi. Ustrushona ilk oʻrta asrlarda (5—9 a. lar) Oʻrta Osiyodagi Ustrushona tarixiygeofafik viloyati tarkibiga kirgan. Ushbu viloyat Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi bilan Sangzordaryo oraligʻidagi hududni oʻz ichiga olgan (hoz. Tojikistonning shim. gʻarbiy qismi va Oʻzbekistonning Jizzax, Sirdaryo viloyatlari). Ustrushonaning siyosiy tarixi tarixiy manbalarda kam yoritilgan. Mil. av. 6-a. ning 30-y. larida qadimgi Ustrushona xududi Kir II tomonidan bosib olingan. Kir II oʻz davlatining shim. sharqiy chegaralarini mustahkamlash maqsadida Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻi boʻylab 7 ta chegara qalʼasi qurdirgan. Keyinchalik, mil. av. 4-a. da Aleksandr bu qalʼalarni qiyinchilik b-n zabt etgan, ayniqsa, Kiropol kattik, qarshilik koʻrsatgan. Mil. 5-a. oxiri — 7-a. da Ustrushona hududi eftaliylar va Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Bu davrda Ustrushonani mahalliy shohlar — afshinlar idora qilgan. Arablar istilosi davrida Ustrushona mustaqilligini uzoq vakt saqlab qolgan va faqat 822-y. ga kelib uzilkesil xalifalikka qoʻshib olingan. 893-y. gacha Ustrushonani xalifalik vassallari boʻlgan afshinlar boshqarishni davom ettirganlar. 893-y. dan Somoniylarga tobe boʻlgan. U. Oʻratepa nomi bilan dastlab Boburning «Boburnoma» asarida (16-a.) tilga olingan. 18-a. da mustaqil hudud sifatida maʼlum edi. Keyinchalik, Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1886-y. shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari egallagan.

Shahar qadimdan Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashganligi bois hunarmandchilik va savdo markazi sifatida shuhrat qozongan. Keyingi yillarda Ustrushonada jahon bozori tashkil etilgan.

Ustrushonada sanoat korxonalari, meva va sabzavot konservalash, non, sut, gʻisht z-dlari, trikotaj f-kasi mavjud. Shuningdek, shaharda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, ped. va hunartexnika bilim yurtlari, kutubxona, klub, xalq teatri, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Mehmonxonalar, kasalxona, tugʻruqxona va poliklinikalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Ustrushona yogʻoch, metallga oʻyib gul solish, sopolga gul solish va kashtachilikning qad. markazi.

Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan: Koʻkgumbaz (Abdullatif Sulton) masjidi va madrasasi (16—17-a. lar), Bobotagʻo (15-a. oxiri), Abduqodir Jeloniy (Geloniy) (15-a. oxiri), Sari Mozor (16a.), hamda Chorgumbaz (18-a.) maqbaralari va b; 19—20-a. larda qurilgan sinchli naqshinkor binolar saqlangan.

Ad.:Muxtorov A., Ocherk istorii UraTyubinskogo vladeniya v 19v., Dushanbe, 1964;

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x