USTAD IMRAN XON (1936, Kal kutta) — sozanda (sitar, surbahar), xonanda; 20-a. hind mumtoz musiqa madaniyatining yirik vakili. Mashhur (16-a. da Akbarshoh davrida asos solingan) musiqachilar sulolasi vakili. Ashulachilikni onasi Bashiran Begim xamda bobosi Ustad Bandex Hasan Xonlardan, sitor ijrochilik sirlarini otasi Ustad Inayat Xon va akasi Vilayat Xondan oʻrgangan. Yoshligidan xayal (hind mumtoz lirik ashula) ijrochisi sifatida tanilgan. Keyinchalik sitor ijrochiligiga xonandalikka oid boy ohang bezaklari, tovush chiqarish usullarini singdirib, oʻzining yangi uslubini kashf etgan. 1956-y. dan akasi Vilayat Xon bilan birgalikda oʻzining mukammal ijro va badiha mahorati, virtuoz texnikasini Yevropa va b. mamlakatlarda namoyish qilgan. 1963-y. dan Yevropa va AQSH Un-t va kollejlarida dare va maʼruzali konsertlar bergan. Eng nufuzli Hindiston va xalqaro (Edinburg, Berlin, Gonkong, Tokio, Vashington, Parij, Moskva, London va b.) musiqa festivallarining doimiy qatnashchisi. Ijrolari 100 ga yaqin gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. Bir necha kinofilmlarga musika yozishda ijrochi sifatida qatnashgan. Hindiston hukumati tomonidan eng oliy «Sangit Natak akademiya» mukofoti bilan takdirlangan (1988).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые