USTA SHIRIN

USTA SHIRIN Murodov (1879, Buxoro — 1957.12.2, Toshkent) — meʼmor, ganch oʻymakori; Oʻzbekiston FAning faxriy aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943). Hunarni otasi usta Murod va bobosi usta Nosirdan oʻrgangan, yoshligidan amakisi usta Hayot qoʻlida qolgan va undan taʼlim olgan. Mustaqil usta sifatida Buxoro amirining Karmanadagi saroyi (Sitorai Mohi Xosa yozlik saroyining Oq zali)ni bezashda katnashib, tanilgan. Usta Shirin ijodida ganch oʻymakorligi anʼanalarini mahorat bilan qoʻllagan, ularni yangi mazmun va shakllar bilan boyitgan, ilk bor ish faoliyati (ganch oʻymakorligi) da naqsh zaminida koʻzgudan foydalandi, yaʼni koʻzgu ustiga ganchkori naqshlar ishlab, jozibadorlikka, ajoyib naqsh jilvasiga erishdi.

Usta Shirin koʻplab klublar, maʼmuriy binolarni nafis ganchkorlik naqshlari bilan bezadi: Butunittifoq q. x. koʻrgazmasidagi Oʻzbekiston, Turkmaniston pavilyonlari (1938), Toshkent kuranti, Navoiy teatri (Buxoro zali), Muqimiy teatri, xoz. Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va b. ; meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda katnashgan: Ismoil Somoniy maqbarasining buzilgan qismi, Mir Arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi gumbazlarini, Magʻoki attori mayejidi peshtogʻining koshinkori naqshlarini tikladi va b.

Usta Shirin koʻplab shogirdlar yetishtirgan: Samarkand taʼmirchilar maktabi, Toshkent qurilish sanʼati maktabi (1940 — 42), Moskva badiiy sanʼat bilim yurti (1942—43), P. Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurti (1952 — 57)da dare bergan. Respublika (jumladan, Toshkent, Buxoro va b.)dagi maktab, koʻchalarga Usta Shirin nomi qoʻyilgan; Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa hovlisida uning byusti oʻrnatilgan. Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2001).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x