USMON ibn Affon (taxm. 575— 656) — dastlabki turt xalifadan uchinchisi (hukmronlik yillari 644—656). Umaviylar kabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning dastlabki izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi bilan Habashistonga koʻchgan, 623-y. da Madinaga kelgan. Usmon avval Paygʻambar (as)ning qizi Ruqiyaga uylangan (taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizi Ummu Kulsumni ham Usmonga nikoxlab bergan (623), shuning uchun «Zun-Nurayn» — ikki nur egasi, degan nom olgan. Usmon yangi xalifani saylashi lozim boʻlgan shoʻro tomonidan xalifa kilib tayinlangan. Usmon hukmronligi davrida sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti ulkalaridagi mavqei mustahkamlandi. Usmonning buyrugʻi bilan Qurʼoni karim matni toʻplanib, bir butun (musʼhaf) kitob shakliga keltirildi va turli oʻlkalarga tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta taʼmirlandi. Rumo arigʻi qazildi. Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qoʻshin va viloyatlardagi zodagonlar oʻrtasida Usmon siyosatiga karshi norozilik kuchaydi. U. Madinada, Qurʼon oʻqib turgan chogʻida dushmanlari tomonidan oʻldirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые