USHINSKIY Konstantin Dmitriyevich

USHINSKIY Konstantin Dmitriyevich [1824.19.2(2.3), Tula 1870.22.12 (1871.3.1), Odessa, Kiyevda dafn etilgan] — rus klassik pedagogi, Rossiyada ilmiy ped. va xalq maktabi asoschisi. Moskva un-tining yuridik ftini tugatgan (1844). Rossiyadagi turli maorif shoxobchalarida, jur. larda ishlagan.

Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, ped. tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda mex. natkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni akliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiyning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash qamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni taxlil qildi. Oʻzining «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda ona tili darsiga katta ahamiyat berdi. Uning «Bolalar dunyosi va xrestomatiya», (1861), «Ona tili» (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x